+998 71 200 30 20
Tunu-kun ishonch telefoni/bepul qo’ng’rioq

Tez-tez uchraydigan savollar

Boshqa shakldagi va foydalanish muddati o’tgan test chizqlarini ishlatishga yo’l qo’yilmasin – bu glyukometrning noto’g’ri ko’rsatkichlariga olib kelishi mumkin!

«Satellit» ruchkasiga qanday lansetlar mos keladi?

Universal to’rt qirrali  Lanzo va One Touch Ultra Soft                                

Glyukometrdan foydalanishda qaysi xatolarga yo’l qo’yilmasligi kerak?

Glyukometrni ishlatishdan oldin, yetkazilish komplektiga ilova qilingan foydalanish qo’llanmasi hujjatlari bilan albatta tanishib chiqing. Agar Sizda qo’shimcha savollar tug’ilsa, quyidagi telefon raqamlari orqali Foydalanuvchilarni qo’llab-quvvatlash Axborot markaziga murojaat qiling 8 800 250 17 50 (Rossiya Federatsiyasi bo’ylab qo’ng’iroq bepul) va mutaxassisimiz ko’magidan foydalaning.

Satellit, Satellit Plyus va Satellit Ekspress glyukometrlari uchun test chiziqlarining yaroqlilik muddati qanday?

Satellit Ekspress qurilmasining test chiziqlari uchun yaroqlilik muddati ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 18 oyni, Satellit va Satellit Plyus o’lhcagichlari uchun esa – 24 oyni tashkil etadi. Satellit va Satellit Plyus o’lhcagichlari uchun har bir test chizig’i individual o’ramga ega bo’lib, unga ko’ra, har bir alohida olingan test chizig’ining foydalanish muddati qutidagi boshqa test chiziqlaridan foydalanish muddatining boshlanishiga bog’liq emas.

Satellit Plyus glyukometri uchun test chiziqlari Satellit glyukometriga mos keladimi?

Satellit Plyus glyukometri uchun test chiziqlari Satellit glyukometriga mos kelmaydi.

Satellit glyukometri uchun test chiziqlari Satellit Plyus glyukometriga mos keladimi?

Satellit glyukometri uchun test chiziqlari Satellit Plyus glyukometriga mos kelmaydi.

Turli ishlab chiqaruvchilarning glyukometr ko’rsatkichlari solishtirilganda, ular orasida sezilarli farq mavjud. Buning sababi nimada?

Aniqlikni baholash maqsadida, turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan chiqarilgan glyukometrlarning ko’rsatkichlarini quyidagi sabablarga ko’ra solishtirib bo’lmaydi:

 1. Turli ishlab chiqaruvchilarning glyukometr ko’rsatkichlari laboratoriya analizatorlari ko’rsatkichlariga muvofiq kelib, ular plazmadagi qon yoki yaxlit qon tarkibidagi glyukoza konsentratsiyasini o’lchashi mumkin. Ana shunday laboratoriya analizatorlarining natijalari orasidagi tafovut 10 % dan 15 % gachani tashkil qilishi mumkin.

 2. Har xil ishlab chiqaruvchilarning aniq glyukometrlari ko’rsatkichlari orasidagi farq 40 % gacha yetishi mumkin bo’lib, shu o’rinda, laboratoriya analizatoridan eng ko’pi 20% farq qilishi mumkin. Agar, glyukometringiz aniqligi borasida shubhalanayotgan bo’lsangiz, u holda Foydalanuvchilarni qo’llab-quvvatlash Axborot markaziga murojaat qiling 8 800 250 17 50 (Rossiya Federatsiyasi bo’ylab qo’ng’iroq bepul) va mutaxassisimiz ko’magidan foydalaning.

Satellit, Satellit Plyus va Satellit Ekspress glyukometrlarining aniqlik darajasi qanday?

Satellit, Satellit Plyus va Satellit ekspress glyukometrlarining aniqligi GOST R ISO 15197ga muvofiqdir. Hozirgi kungacha RF da ro’yxatga olingan glyukometrlarning barchasi mazkur standartga muvofiq bo’lishi shart. Standart talablariga ko’ra, glyukometrdagi o’lchov natijalarining 95 % laboratoriya analizatori o’lchovlaridan: 4,2 mmol/l ± 0.83 mmol/l dan ortiq va 4,2 mmol/l dan ortiq bo’lmagan natijalar uchun eng ko’pi ± 20% ga farq qilishi kerak. Sinov natijalari Satellit, Satellit Plyus va Satellit ekspress glyukometrlarining aniqligini tasdiqladi.

Satellit test chiziqlari GLYUKOZAXOS hisoblanadimi? Men Ekstranil eritmasi vositasida davolanmoqdaman. Eritma tarkibida izodekstrin mavjud. Bu holda, glyukozaning qondagi miqdorini aniqlash uchun faqat glyukozaxos test chiziqlaridan foydalanish kerakmi?

“Glyukozaxos” atamasi tarkibida glyukooksidaza (GO) fermenti mavjud bo’lgan test chiziqlari, uchun qo’llaniladi va ulardan tarkibida izodekstrin saqlovchi eritmalarning qo’llanilishi bilan kechuvchi dializda foydalaniladi. “SATELLIT” PKG-02; “SATELLIT PLYUS” PKG-02.4; “SATELLIT EKSPRESS” PKG-03 Glyukoza konsentrsatsiyasining ekspress-o’lchagichlarida tarkibida GO saqlovchi chiziqli o’lchash elektr-kimyoviy tamoyili qo’llanilgan. Biroq, izodekstrinning o’lchagich ko’rsatkichlariga ta’sirini aniqlovchi maxsus tadqiqotlar olib bormaganligimizni hisobga olgan holda, ehtimol, vosita ta’sir qilishi mumkinligi haqida Sizni ogohlantrimoqdamiz. E’tiboringizni dializ kechishida gematokritning o’zgarishi ehtimoldan holi emasligiga, bu esa o’lchashda qo’shimcha xatolikka olib kelishi mumkinligiga qaratmoqchimiz. Dializda glyukoza nazorati xatoligi oqibatlarining oldini olish uchun Sizga shifokor tarafidan nazorat yoki ko’rsatma talab etilishi mumkin.

“Satellit” PKG-02 glyukometrida kodni chiqarish bo’yicha savol: Nima uchun 5 xonali kod o’rniga uchxonali kod lipillamoqda?

Avvaliga e’tiboringizni “Satellit” PKG glyukometridagi kod beshxonali ekanligiga qaratmoqchimiz, misol uchun: 25-365 kodi va u bosqichma-bosqich yonadi, ya’ni dastlab 2 ta raqam va tire so’ng 3 ta raqam yonadi:

25-, so’ng esa 365. Yagona holdagina chalkash holat yuz berishi mumkin: agar birinchi va so’nggi qismlar bir xil bo’lib qolsa, masalan: Glyukometrda 26-266 kodi chiqarilganda, raqam vizual ravishda uchxonali son “266” shaklida qabul qilinadi, so’nggi “6” raqami esa yonib-o’chib turadi, aslida esa barcha raqamlar galma-galdan yonadi, avval 26- so’ng 266. Agar Sizda qo’shimcha savollar tug’ilsa, quyidagi ishonch telefoniga murojaat qiling8 800 250 17 50 (Rossiya bo’ylab qo’ng’iroq bepul).

Shaxsiy kundaligingiz