+998 71 200 30 20
Tunu-kun ishonch telefoni/bepul qo’ng’rioq

Glyukometrlari

Yangi avlod glyukometrlari

Ishlatilishi qulay, aniq va xavfsiz bo’lgan, qondagi qand miqdorini o’lchash asboblari - “Satellit”, “Satellit Plyus” va “Satellit Ekspress”ni taqdim etamiz. “Satellit ekspress” ELTA kompaniyasi mahsulotlari orasida eng namunalisidir. Bugungi kunda bu Rossiyada ishlab chiqarilgan va chet davlatlari mahsulotlari uchun munosib raqobat tashkil qila oladigan yagona glyukometrlardir.

Yuqori standartlar, hamyonbop narxlar.

Qondagi qand miqdorini o‘lchash asbobi, qandli diabetdan aziyat chekayotgan odamlar uchun chin haloskordir. Bunday holatlarda, narx ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi – ishonchli, aniq va foydalanishda qulay bo‘lgan glyukometrni sotib olish. Ushbu uskunani ishlab chiqarishning sifat standartlari uzoq vaqt davomida horijiy brendlar tomonidan belgilab kelingan. Chet-elda ishlab chiqarilgan glyukometrni sotib olishga hammaning ham qurbi yetavermagan. Endi sharoit tamomila o‘zgardi – birinchi darajadagi glyukometrni Moskvada, maqbul narxlarda sotib olish mumkin. ELTA kompaniyasi Rossiyaning tibbiyot uskunalari bozorida, «Satellit Ekspress» glyukometrini taqdim etgan holda, haqiqiy inqilob yasadi. Uning narxi muqobil horijiy mahsulotlarning qiymatidan bir necha barobar past.

«Satellit» rusumidagi qondagi qand miqdori o‘lchagichining afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • tahlilning elektr-kimyoviy usuli qo‘llanilgan;
  • qondagi qand miqdorini o‘lchashdagi aniqlik
  • GOST R ISO 15197* sertifikatiga muvofiqlik;
  • sinov chiziqlarining hamyonbop narxi;
  • foydalanishning qulyaligi;
  • bu mutlaq ishonchli glyukometr bo‘lib, uni Moskva dorixonalarida muddatsiz kafolat bilan xarid qilish mumkin;
  • sarflanadigan materiallarning muntazam ravishda Rossiya dorixonalarida mavjudligi.

Glyukometr: narx va andozaviy qator

So‘zsiz, eng muhim afzalliklarimizdan biri – test chiziqlarining hamyonbop narxi. So‘nggi ishlanmamiz va «ELTA» kompaniyasining so‘nggi va eng namunaviy glyukometri «Satellit Ekspress» bo‘lib, u tahlil o‘tkazishga atigi 7 soniya sarflanishini ta’minlaydi. Rossiyada ishlab chiqarilgan qondagi qand miqdori o‘lchagichini sotib olishning o‘zi kifoya, shunda siz sarflanadigan materiallar uchun ortiqcha pul to‘lashingizga to‘g‘ri kelmaydi. Bitta tahlil (analiz) qiymat narxi barcha modellar uchun taqqoslanish imkoniyatiga ega va nisbatan kichikdir.

Shaxsiy kundaligingiz