+998 71 200 30 20
Tunu-kun ishonch telefoni/bepul qo’ng’rioq
               Hurmatli mijozlar, hamkorlar va hamkasblar!

Millat sog’lig’i – muvaffaqiyatli davlat rivoji garovidir. Shuning uchun ham, “ELTA” kompaniyasining faoliyati rossiya xalqining sog’lig’ini saqlashga qaratilgan.
    Biz tibbiy uskuna sohasida 20 yildan oshiq faoliyat yuritib kelmoqdamiz va Rossiyaning har bir fuqarosi o’z sog’lig’ini zamonaviy tibbiy uskuna vositasida nazorat qila olishi uchun bor imkoniyatimizni ishga solmoqdamiz.                
Uy sharoitida foydalanish uchun ishlatilishda qulay va samarali bo’lgan tibbiy uskunalarni ishlab chiqish, shuningdek ishimizga professional yondoshuv bozorda yetakchi o’rinlarni egallashimizga sabab bo’ldi.

ELTA kompaniyasining rahbari sifatida jamoamizda yuqori malakali mutxassislar ishlayotganidan faxrlanaman. Ular o’z vaqtida har qanday murakkablik darajasidagi masalalarni yechishga qodir.

ELTA hodimlari glyukozaning qondagi konsentratsiyasini o’lchovchi Rossiyadagi ilk ekspress o’lchagich - “Satellit”ni ishlab chiqishdi. U yuz minglab odamlarga o’z so’glig’ining muhim ko’rsatkichlarini nazorat qilishga yordam bermoqda.

Mutaxassislarimizning yuqori salohiyati tufayli o’z o’ziga tashxis qo’yishga mo’ljallangan tibbiy uskunamiz har bir shaxs uchun hamyonbop ham bo’ldi! Tibbiy ko’nikmalarga ega bo’lmagan istalgan odam, kompaniyamiz ishlab chiqargan tibbiy uskunalar yordamida o’z sog’lig’I haqida g’amxo’rlik qilish imkoniyatiga egadir.

Yildan yilga biz muntazam mijozlarlarimiz bilan aloqa o’rnatib kelmoqdamiz. Bundan ko’zlangan maqsad, ishlab chiqarish tizimi doim yangilanib borayotgan yangi mahsulotlarimiz, foydalanuvchilarimizning xohish-istaklari va zamonaviy sifat standartlariga to’liq javob berishini ta’minlashdir. Mahsulotni ishlab chiqishda, albatta mazkur sohadagi jahon tajribasi va eng yangi yo’nalishlar inobatga olinadi. Homashyo materiallari va to’ldiruvchi qismlarni sinchkovlik bilan tanlash bizga yuqori sifatga erishish va yakuniy mahsulotning maqbul narxini saqlab qolish imkonini beradi.

“ELTA” kompaniyasi – ijobiy obro’ga ega ishonchli va barqaror kompaniyadir. Haqiqatdan ham shunday.

Bugungi kunda “ELTA” kompaniyasi o’zini tibbiyot doiralarida ijobiy namoyon qilgan ishonchli hamkor va jiddiy ishlab chiqaruvchi sifatida nom qozongan.

Bizning ish faoliyatimizga yuqori baho bergan bemorlar, jamoat tashkilotlari, tibbiy hodimlar va biznes bo’yicha hamkorlarga butun jamoamiz nomidan o’z minnatdorchiligimni bildiraman!

Shaxsiy kundaligingiz